Dasturingizni noldan quramiz.
Qutidagi tayyor dasturni o‘rnatib ketmaymiz. Avval ishingiz qanday yurishini o‘rganamiz, keyin aynan sizning tartibingizga moslab yozamiz.
Tayyor dasturga siz moslashasiz. Biz qurgan dastur sizga moslashadi.
Qutidagi dastur hamma uchun bir xil yozilgan. Biz esa dasturni sizning ishingizdan boshlab quramiz — shuning uchun farq birinchi kundanoq seziladi.
Nima quramiz
Sohani tanlang — shu ish uchun odatda nimalar qurilishini ko‘rasiz. Ro‘yxat tayyor to‘plam emas: har dastur egasining ishiga qarab yig‘iladi.
Do‘kon uchun
Sotuvdan omborgacha — pul va tovar bir joyda ko‘rinadi.
- Kassa: skaner, chek, qarzga sotuv
- Ombor: kirim, qoldiq, sanash
- Qarzdorlar va ta’minotchilar hisobi
- Kunlik hisobot Telegramga keladi
- Ombor terminali (TSD) uchun ilova
Klinika uchun
Qabuldan to‘lovgacha — bemor yo‘li bir ekranda.
- Qabul jadvali va navbat
- Bemor kartasi va tashriflar tarixi
- Xizmatlar va to‘lovlar
- Shifokorlar bo‘yicha hisobot
Ishlab chiqarish uchun
Har buyurtma qaysi bosqichda va kimda ekani ko‘rinib turadi.
- Buyurtma bosqichlari: kim, qaysi ishda
- Xom ashyo sarfi va qoldig‘i
- Tayyor mahsulot ombori
- Ishchilar bajargan ish va oylik hisobi
Sohangiz ro‘yxatda yo‘qmi?
Noldan quramiz degani shu. Tayyor qolip kerak emas — ishingiz qanday yurishini aytib bering, o‘rganib chiqamiz va maket chizamiz.
- Sotuv, ombor, buyurtma, navbat, hisobot — ishingizda nima bo‘lsa
- Brauzerda, telefonda yoki Telegram bot ichida
- Xodimlaringiz tilida, ortiqcha tugmasiz
Qanday ishlaymiz
Kod yozishdan oldin dasturni ekranda ko‘rasiz. Yoqmagan joyi shu bosqichda tuzatiladi — qurib bo‘lgandan keyin emas.
- 1
Suhbat
Ishingiz qanday yurishini so‘raymiz: kim nima qiladi, qayerda vaqt va pul yo‘qoladi.
- 2
Maket
Bosiladigan maket beramiz. Dasturni o‘zingiz ishlatib ko‘rasiz va nimani o‘zgartirishni aytasiz.
- 3
Qurish
Bo‘laklab quramiz. Har bo‘lak tayyor bo‘lganda ko‘rsatamiz va fikringiz bilan tuzatamiz.
- 4
Ishga tushirish
Tovar va mijozlar ro‘yxatini ko‘chiramiz, xodimlaringizga ishlatishni o‘rgatamiz.
- 5
Hamrohlik
Ishga tushgandan keyin ham yoningizdamiz: ish o‘zgarsa, dastur ham o‘zgaradi.
Ko‘p beriladigan savollar
Narx nima qurilishiga bog‘liq, shuning uchun bu yerda umumiy raqam yozilmagan. Suhbatdan keyin nimalar qurilishini va qancha turishini aniq aytamiz.
Ishning hajmiga qarab. Maket tasdiqlangach, qaysi bo‘lak qachon tayyor bo‘lishini aytamiz va shu tartibda ko‘rsatib boramiz.
Tovarlar, mijozlar va qoldiqlar ro‘yxati Excel’da yoki eski dasturingizda bo‘lsa, yangi dasturga ko‘chirib beramiz.
Ha. Dastur brauzerda ochiladi — kompyuterda ham, telefonda ham. Kerak bo‘lsa Telegram bot yoki ombor terminali uchun alohida ilova quramiz.
Ha. Noldan qurishning foydasi shunda: sizga faqat kerakli bo‘limlar yoziladi, ishingiz o‘sganda dastur ham kengayadi.
O‘zimiz. Savol tug‘ilsa yoki biror narsani o‘zgartirish kerak bo‘lsa, dasturni qurgan jamoaning o‘ziga murojaat qilasiz.
Ishingizni aytib bering
Ariza qoldiring — yozgan raqamingizga o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz va ishingiz haqida gaplashamiz.
- Qo‘ng‘iroq qilib, ishingizni so‘raymiz
- Maket chizib, ko‘rsatamiz
- Ma’qul bo‘lsa — qurishni boshlaymiz
Ariza qabul qilindi
Yozgan raqamingizga o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.